Технология
Sudanda ”Bayraktar AKINCI” Xitoyning F2000 havo mudofaasi tizimini yo‘q qildi
Муаллиф: Joldasbekova Roza
Феврал 11, 2026 22:12
Sudan armiyasi zarbdor Bayraktar AKINCI uchuvchisiz uchish apparati yordamida Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari (RSF) ixtiyoridagi Xitoyda ishlab chiqarilgan FK-2000 zenit-raketa va to‘p majmuasini yo‘q qilgani ma’lum qilindi.
Harbiy manbalarga ko‘ra, zarba natijasida yaqin masofali havo mudofaasi tizimi butunlay ishdan chiqarilgan. FK-2000 majmuasi zenit qurollari hamda “yer–havo” turidagi raketalar bilan jihozlangan bo‘lib, taxminan 1,2 kilometrdan 25 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi havo nishonlarini urib tushirish imkoniyatiga ega.Sudanlik harbiylar ushbu havo mudofaasi tizimlari RSFga BAA tomonidan Chad hududi orqali yetkazib berilganini da’vo qilmoqda. Mazkur ma’lumot mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida RSF tomonidan faol qo‘llanilayotgan va imkoniyatlari jihatidan “Pantsir” tizimiga o‘xshash Xitoyda ishlab chiqarilgan FK-2000 havo mudofaasi majmuasi nishonga olingan. SavunmaSanayiST.com xabariga ko‘ra, zarba vaqtida Bayraktar AKINCI TİHA hamda ROKETSAN ishlab chiqargan yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar qo‘llanilgan. Yetkazilgan zararning darajasiga qarab, operatsiyada MAM-L va MAM-T turidagi boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari ishlatilgani taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ROKETSAN tomonidan MAM-L va MAM-T o‘q-dorilariga integratsiya qilingan tasvirlovchi infraqizil (IIR) va TV qidiruv boshchalari havo mudofaasi tizimlarini aniqlash va yo‘q qilishda muhim ustunlik beradi.Taxminan 25 kilometrgacha zarba berish imkoniyatiga ega FK-2000 tizimi AKINCI tomonidan undan ham uzoqroq masofadan turib urilgani aytilmoqda.Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan FK-2000 integratsiyalashgan yaqin masofali havo mudofaasi tizimi bo‘lib, zenit to‘plari va “yer–havo” raketalari (SAM) bilan jihozlangan. Uning asosiy vazifasi uchuvchisiz apparatlar va qanotli raketalar kabi havo tahdidlarini yo‘q qilishdan iborat. Biroq ushbu tizimning AKINCI tomonidan nishonga olinishi turk zarbdor dronlarining DEAD/SEAD (havo mudofaasi vositalarini yo‘q qilish/bostirish) operatsiyalaridagi salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.Mazkur voqea Sudan hududida Turkiya mudofaa sanoati mahsulotlari nafaqat razvedka yoki logistika, balki yuqori texnologiyali nishonlarni bevosita yo‘q qilish borasida ham amaliy imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatmoqda