Технология
Turkiya raketalari sun’iy intellekt bilan kuchaytirilmoqda
Муаллиф: Joldasbekova Roza
Феврал 20, 2026 05:43
Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi fonida Turkiya mudofaa sanoati ushbu imkoniyatlardan raketalarning nishonni aniqlash va yo‘q qilish aniqligini oshirishda foydalanmoqda.
Bu haqda Turkiyaning Roketsan kompaniyasi bosh direktori Murat Ikinci Istanbuldagi Boğaziçi Universityda o‘tkazilgan sammitda ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Anadolu Agency keltirgan.Ikinjining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt raketalarni “aqlliroq” qiladi — ularning nishonni ushlash va aniq tahdidlarni zararsizlantirish qobiliyatini oshiradi.Roketsan rahbari Turkiya mudofaa sanoati bugungi kunda jahon yetakchilari bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetganini qayd etdi. Uning aytishicha, kompaniya ballistik va qanotli raketalardan tortib, ko‘p pog‘onali havo mudofaa tizimi — ”Çelik Kubbe” (Po‘lat gumbaz)gacha bo‘lgan zamonaviy qurollarni ishlab chiqaradi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Roketsan Turkiyadagi uchinchi yirik ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar tashkiloti bo‘lib, unda 7 mingdan ortiq xodim mehnat qiladi. Kompaniya boshqa davlatlar ochiq ulashmaydigan texnologiyalarni mustaqil ravishda ishlab chiqmoqda.Ikinji kompaniya ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sganini ham ma’lum qildi: daromad dollar hisobida 50 foizga, eksport hajmi esa 55 foizdan ortiqqa oshgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bugungi kunda Yevropa va xalqaro hamkorlar orasida yuqori talabga ega bo‘lgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni taklif qilmoqda.U, shuningdek, kuchli milliy mudofaa sanoati Turkiyaning ichki ehtiyojlaridan tashqarida ham muhim imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.